Ozarbayjon tibbiyot universitetida xalqaro hamkorlik doirasida tashrif

Xalqaro hamkorlik doirasida tashrif

Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri A.A. Usmanxodjayeva xizmat safari bilan Ozarbayjon tibbiyot universitetida bo‘ldi.

Tashrif davomida A.A. Usmanxodjayeva universitetning Terapiya bo‘limi hamda tegishli kafedra faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘quv jarayoni, klinik ishlar, ilmiy-tadqiqot faoliyati va zamonaviy yondashuvlar yuqori darajada tashkil etilgani alohida e’tirof etildi.

Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi tajriba almashinuvi va kelgusidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan