🔺Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti “Tibbiy reabilitologiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya” kafedrasi professor, o’qituvchi va magistr talabalari tomonidan 7-noyabr kuni imkoniyati cheklangan yoshlar bilan navbatdagi samarali uchrashuv tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning reabilitatsiya jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga yangi bilim va ko‘nikmalar berish, shuningdek, jamiyatda faol ishtirok etishi uchun qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
🔻 “Zamonaviy reabilitatsiya” mavzusida o‘tkazilgan mahorat darsi davomida ishtirokchilarga tibbiy reabilitatsiya sohasidagi eng dolzarb jihatlar chuqur yoritib berildi. Dars jarayonida quyidagi yo‘nalishlar keng muhokama qilindi:


🔺reabilitatsiyaning zamonaviy, dalillarga asoslangan usullari va xalqaro standartlar,
🔺 ergoterapiyaning mazmuni, uning mustaqil hayot ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun samaradorligi,
🔺 ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvni rivojlantirish, maxsus ehtiyojli yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar va global tajribalar.
🔺 Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini erkin namoyon etishlari uchun qator interfaol o‘yinlar, jamoaviy mashg‘ulotlar, fikr almashish sessiyalari tashkil etildi. Savol-javob jarayonida ishtirokchilar reabilitatsiya jarayoniga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.
🔹Faol qatnashchilar esa maxsus rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🔺Bunday uchrashuvlar nafaqat bilim va ko‘nikmalarni oshiradi, balki imkoniyati cheklangan yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularni jamiyatdagi faol o‘rnini topishiga yordam berish, ijtimoiy integratsiyasini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Tadbir ishtirokchilari ushbu tashabbusni yuqori baholab, kelajakda ham bunday loyihalarni muntazam davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

🔻Tadbir samimiy muhitda o‘tdi va yoshlar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi. Kafedra jamoasi esa kelgusida ham imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zamonaviy reabilitatsiya bo‘yicha amaliy yordam berish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda turli tashabbuslarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
