Xitoy an’anaviy tibbiyoti klinikasi shifokorlarining yuksak hissasi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Xin Jiang Medical University da xalqaro hamkorlik doirasida Xitoy an’anaviy tibbiyoti yo‘nalishida samarali ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Xitoy an’anaviy tibbiyoti klinikasi direktori Han Rong hamda yetakchi mutaxassislar — Xuan Zhijin, Yeerboli Mulati, Wulaer Damubaike, Kong Jintao va Zhou Yifan o‘zlarining yuqori malakasi, boy tajribasi va fidokorona mehnati bilan ushbu yo‘nalish rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqdalar. Ular tomonidan tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya sohalarida keng ko‘lamli ilmiy-amaliy ishlar olib borilib, zamonaviy yondashuvlar hamda Xitoy an’anaviy tibbiyoti usullari samarali joriy etilmoqda.
2026-yil 28-mart kuni mazkur hamkorlik doirasida “Abu Ali Ibn Sino merosxo‘rlari” nomli xalqaro talabalar fan olimpiadasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Xitoy an’anaviy tibbiyoti klinikasi direktori Han Rong hamda barcha mutaxassislar o‘zlarining tibbiyot sohasidagi samarali faoliyati, ilmiy-amaliy ishlari va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun Toshkent davlat tibbiyot universitet rektori Sh.A. Boymuradov tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Mazkur Tashakkurnoma rektor nomidan Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri Usmaxodjaeva A.A. tomonidan topshirildi.
Xitoy an’anaviy tibbiyoti klinikasi shifokorlarining bunday samarali faoliyati xalqaro tibbiy hamkorlikni mustahkamlash va sohani yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


