Xizmat safari maqsadi: 2025 yil 02-dekabrdan 29-dekabr kunlari davomida O‘zbekiston Respublikasidan tashrif buyurgan tibbiyot xodimlariga, KNUH xodimlari tomonidan tuzilgan kunlik reja asosida seminar va amaliy darslar o‘tildi. Mavzuga mos ravishda reabilitatsiya bo’limlari ish jarayonlari bilan tanishtirish uchun olib borildi. O‘rganib kelingan reabilitatsiyaning nazariy va amaliy malakasi O‘zbekiston tibbiyotiga tadbiq qilish va o‘quv jarayoniga kiritishga taklif berildi.
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida quyidagi tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi:
Boisov Suxrob Komildjonovich – Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti «Tibbiy reabilitatsiya,sport tibbiyoti,xalq tabobati va jismoniy tarbiya» kafedrasi assisenti. Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi Reabilitolog shifokori.

O‘quv dasturi davomida quyidagi mavzularda ma’ruza va amaliy darslar bo‘lib o‘tdi:
1. Insultdan keyingi reabilitatsiya
2. Reabilitatsiya uchun sinamalar o’tkazish
3. Reabilitatsiyada funksional xolatini baxolash usullari
4. VFSS (videofluoroskopik yutish tadqiqoti) va parhez
5. Kognitiv buzilishlarda reabilitatsiya
6. Orqa miya jaroxatidan keyingi reabilitatsiya
7. UUT nazorati ostida ineksiya qilish va baxolash
8. Plastiklik va reorganizatsiya
9. Elektrodiagnostika tadqiqoti NCV va EMG
10. Onkologik kasalliklarda reabilitatsiya
11. Ogriqni nazorat kilish va stimulyatsiya
12. Geriatriyada tibbiy reabilitatsiya
13. Disfagiya bilan og’rigan bemorlarda parhez modefikatsisi
14. Bolalar reabilitatsiyasi
15. Bolalar reabilitatsiyasida jismoniy, nutq va ergoterapiya
16. MAS ROM MMT sinamalari
17. Bosqichma bosqich vazifaga yunaltirilgan yurish mashklari
davolovchi jismoniy tarbiya terapevtlari tayyorlash o’quv rejalari bilan tanishdek. Jumladan:
- Shifokor reabilitolog bulish uchun
- 6 yil tibbiyot institutida
- 2 yil intirnaturada
- 2 yil rezidenturada o’qitilar ekan.
- Davolovchi jismoniy tarbiya terapevti (Physical therapist)
- 3 yil tibbiyot kollejida o’qitilar ekan.
- Ergoterapevt (Occupational therapist)
- 4 yil tibbiyot kollejida o’qitilar ekan.


Malaka oshirish va o‘rganish jarayonida erishilgan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qullab, nogironligi bo‘lgan shaxslardan yuqori reabilitatsiya samaradorligiga erishish maqsadida qo‘yidagi ishlarni amalga oshirish kerak deb xisoblaymiz:
- Reabilitatsiya markazlarida to‘liq elektron tizim orqali reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish.
- Reabilitatsiya samaradorligini oshirish maqsadida funksiyalarni xalqaro tasnifini (MKF), funksional sinama va shkalalarni reabilitasiya amaliyotida tadbiq qilish.
- Davolovchi jismoniy tarbiya terapevti (Physical therapist) va Ergoterapevt (Occupational therapist) mutaxassislarni tayyorlash va ularni doimiy malakasini oshirish.
- Ijtimoiy ximoya milliy agentligi va Sog‘liqni saqlash tizimi bilan xamkorlikda erta reabilitatsiyani joriy qilish. Bu orqali Respublikada nogironlik ko‘rsatkichini sezirarli darajada kamayishiga erishiladi.
- Yutishda muommosi bulgan nogironligi bulgan shaxslarga yutish faoliyatini yaxshilash uchun stimulyator apparatidan foydalanib samaradorlikka erishish.

