18.02.2026
Toshkent davlat tibbiyot universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish maqsadida sport o‘yinlari tashkil etildi. Tadbirda Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi Tojiboyev Muzaffar Marufovich, Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti dekani Xamrayev Abror Asrorovich hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdilar.


Musobaqalarda Olmazor tumani 219-maktab o‘quvchilari va Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari faol qatnashdilar. Sport o‘yinlari do‘stlik, jamoaviylik va o‘zaro hurmat muhitida o‘tdi.


Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda maktab va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
