Toshkent tibbiyot akademiyasi va Sinzyan tibbiyot universiteti bilan tuzilgan memarandum doirasida Reabilitologiya, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi bilan xamkorlik ishlari kuchaytirilmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi va Sinzyan tibbiyot universiteti bilan tuzilgan memarandum doirasida Reabilitologiya, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi bilan xamkorlik ishlari kuchaytirilmoqda. Shuni ta`kidlash kerakki, kafedra mudiri А.А. Usmanxodjayeva tashabusi bilan Xitoy – Oʼzbekiston tibbiyot markazida TTА oʼquv bazasi tashkillashtirildi. U yerda kafedra professor va pedagoglari Universitet mutaxasislari bilan birgalikda “xalq tabobati” va “davolash ishi” fakulьtetlari 3-4 kurs talabalari uchun amaliy va nazariy darslar olib borilmoqda. Xitoylik mutaxasislar tomonidan xalq tabobatining nazariy va amaliy bilimlarini shakillantirish uchun yetarli sharoilar yaratilgan.

Reabilitologiya, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi professori Sobirova G.N. va Xinjiang tibbiyot universiteti qoshidagi an’anaviy Xitoy tibbiyoti klinikasi mutaxasislari Peng Jin, Huang Zhijing, Kong Jintao, Rustam Dilishat bilan birgalikda 14.10.2023 yilda “Sharq tabobati tarixi va rivojlanishining falsafiy tushunchalari» mavzusida ochiq ma’ruza tashkil etishdi. Darslarni yuksak maxorat bilan tashkil qilinganligi, mulyajlarda amaliyotni mashq qilish va koʼnikmalarni mustaqil oʼzlashtirish imkoniyati talabalarda katta qiziqish uygʼotdi. Xalqaro fakultet talabalari uchun barcha maʼlumotlar ingliz tilida taqdim etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan