🌿🧘♀️ Toshkent davlat tibbiyot universitetida Oʻzbekiston yoga federatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi 🤝
📅 2026-yil 12-may kuni TashDavTUda Oʻzbekiston yoga federatsiyasi vakillari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi:
✨ Raxmatullayev Sardor Hamidullayevich
— xalqaro aloqalar boʻyicha rais oʻrinbosari
✨ Usmanxodjayeva Adibaxon Amirsaidovna
— Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri
✨ Nabiyeva Naima Abdurahimovna
— yuridik maslahatchi
✨ Milberger Natalya Nishanovna
— yoga murabbiyi


🎯 Uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalar hamda professor-oʻqituvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek yoga mashgʻulotlarining turli kasalliklarni oldini olish va davolashdagi oʻrnini muhokama qilish hamda hamkorlik memorandumi masalalarini koʻrib chiqishdan iborat boʻldi.
💡 Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 qoʻshma ilmiy-amaliy seminar va master-klasslar tashkil etish
🔹 ilmiy va amaliy faoliyatni rivojlantirish
🔹 xalq tabobati va anʼanaviy tibbiyot yoʻnalishida malakali mutaxassislarni tayyorlash
🤝 Uchrashuv iliq va konstruktiv ruhda oʻtib, universitet hamda Oʻzbekiston yoga federatsiyasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
