24 may 2023-yil “O‘smirlarning idiopatik skoliozini davolash” mavzusida o‘tkazilgan ochiq integral maʼruza
Qatnashchilar: TTA Reabilitologiya, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedra mudiri Usmanxodjaeva A.A., dotsent Adilov Sh.Q., Visogortseva O.N., Sobirova G.N., assistentlar: Sharipov U.A., Axmedova D.Sh., Bafoeva Z.O., Isamuxametova Yu.M., Biykuzieva A.A., Sattarova D.B., Muminova N.X., Mnajov K.K., Boisov S.K., xalq tabobati fakulteti 301, 302-guruh talabalari, Terapevtik fanlar va UASH tayyorlash bo‘yicha siklopredmet seksiyasining eksperti t.f.d. Miraxmedova X.T.
Ma’ruzachilar TTA Reabilitologiya, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri, dotsenti, t.f.n. A.A. Usmanxodjayeva va Padua universiteti (Italiya) tibbiyot fakulteti jismoniy tibbiyot va reabilitatsiya kafedrasi mudiri, professor Stefano Masiero.
Professor Stefano Masiero ma’ruzani Padua universitetining tashkil etilish tarixi va xozirgi faoliyari haqida ma’lumot berish bilan boshladi.
Ochiq integral maʼruza rejasi:
- Nozologiya
- Qad qomat.
- Qad qomat buzulishlar turlari.
- Umurtqa pog‘onasi deformatsiyalarini topografik tekshirish. Stabilometriya.
- Skoliotik kasalligi.
- O‘smirlarni kompleks reabilitatsiya dasturi
- Qad qomat buzulishlarni korrektsiya usullari
- Mushak korsetining shakllanishi
- To‘g’ri qad qomat ko‘nikmani shakllantirish
- Samaradorligining mezonlari
- Qad qomat buzulishlarni oldini olish
Ma’ruza qad qomat buzulishlar turlari bor bemorlarni reabilitatsiya qilishning dolzarb masalalariga bag’ishlangan. Ma’ruzachi bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilishda maxsus jismoniy mashqlarning, fizioterapevtik usullari va vositalaridan kengroq foydalanish zarurligiga e’tibor qaratdi, ayrim ko‘p uchraydigan jarohatlar va jarrohlik kasalliklari uchun jismoniy omillarni belgilashning afzalliklari va tamoyillarini berdi.
Ma’ruzachi talabalarga o‘smirlarning idiopatik skoliozida qo‘llaniladigan zamonaviy reabilitatsiya usullari, ya’ni ortopediya, kinesiotaping, robotli mexanoterapiya, ushbu guruh bemorlarida fizik omillarni kompleks qo‘llash tamoyillari haqida ma’lumot berdi.
Ma’ruzada ko’plab rasmlar, videolar, fotosuratlar va diagrammalar bilan yaxshi tayyorlangan taqdimot materiali mavjud.