O’tkazish vaqti va joyi: 2023 y. 14 mart 800 Offlayn-konferentsiya shaklida.
Ma’ruzachi: TTA xalq tabobati, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedra prof., t.f.d. G.N.Sobirova va 2-son ichki kassaliklar endokrinologiya bilan kafedra mudiri prof. A.A. Xamraevning muamolli integral ma’ruzasi.
Qatnashdilar: 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, t.f.d. Miraxmedova X. T., TTA reabilitologiya, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedra dotsenti t.f.n. Sh.Q. Adilov, kafedra dotsenti t.f.n. O.N.Visogortseva, t.f.n. G.A. Jumaeva, assistentlar, klinik ordinatorlar va talabalari.
Intgeral ma’ruza oshqozon-ichak patologiyasi bor bemorlarni reabilitatsiya qilishning dolzarb muammolariga bag’ishlandi. Ma’ruza talablarga muvofiq kirish, asosiy va yakuniy qismlardan iborat edi.
Kirish qismida G. N. Sobirova muammoning dolzarbligini va ushbu mavzuni o’rganish motivatsiyasini asosladi. Asosiy qismida prof. Xamraev A. A. xelikobakter pilori bilan bog’liq oshqozon-ichak kasalliklarining etiopatogenezi masalalariga dalillarga asoslangan tibbiyot nuqtai nazaridan e’tibor qaratdi. Sobirova G. N. fizioterapiya, apparatli fizioterapiya usullari, termal usullardan foydalanish imkoniyatlarini ko’rsatdi. Me’da shirasining kislotaliligiga qarab ichimlik bilan davolash samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Sobirova G. N. ovqat hazm qilish organlari patologiyasiga jarrohlik operatsiya o’tgan bemorlarni reabilitatsiya qilish imkoniyatlarini namoyish etdi. Talabalarning nazariy bilimlarini o’zlashtirish va mustahkamlash uchun ma’ruza oxirida kursda nazorat savollari va testlardan foydalanilgan. Ma’ruza materiallari talablarga muvofiq chizmalar, diagrammalar, fotosuratlar bilan tasvirlangan 45 ta slayddan iborat taqdimot shaklida ishlab chiqilgan.