Musobaqalar 3 turda o’tkazildi: 1-bosqich – saralash, test sinovlari yordamida 25ta test -30 minut, Google test tizimida o’tkazildi. 1-bosqich ishtirokchilari 25 ta savolga javob berishdi, testdan eng yuqori tо‘plagan 6 ta ishtirokchi keyingi bosqichga o‘tdi. 2-bosqichga 6 nafar ishtirokchi kirishdi, ularning har biri vaziyatli topshiriqning 4 tadan savoliga javob berildi.Hakamlar hay’ati a’zolari barcha ishtirokchilarni tingladilar, javoblar juda qiziqarli va zukko bo‘ldi, ko‘plab talabalar notiqlik mahoratini namoyish etdilar.
2-bosqich natijalariga ko‘ra 5 nafar talaba finalga chiqdi: Raxmonova Farida, Ruziboyeva Dilafruz, Qarshiyev Mashxur, Butaboyeva Musharraf, Sadriyeva Sevara, Xaitboyeva Sevaraxon
Yakuniy bosqichda ishtirokchilar blits savollariga javob berishdi. Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchi 1 daqiqa ichida eng ko‘p savollarga to‘g‘ri javob berishi kerak edi.
Olimpiada natijalari 2023-yil 31-mart kuni yopilish marosimida e’lon qilindi.
1. | Sadrieva Sevara | TTA | I o‘rin |
2 | Butaboeva Musharraf | ADTI | II o‘rin |
3 | Raxmonova Farida | TTA | III o‘rin |
4 | Ruziboeva Dilafruz | TTAUF | III o‘rin |
5 | Qarshiev Mashxur | TTATF | III o‘rin |