TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINING REABILITOLOGIYA, XALQ TIBBIYOTI VA JISMONIY TARBIYA KAFEDRASIDA O’TKAZILGAN XALQARO TALABALAR OLIMPIADASINING 1-BOSQICH HISOBOTI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINING REABILITOLOGIYA, XALQ TIBBIYOTI VA JISMONIY TARBIYA KAFEDRASIDA O’TKAZILGAN XALQARO TALABALAR OLIMPIADASINING 1-BOSQICH HISOBOTI

Rais: Kafedra mudiri A.A. Usmonxo’jaeva

Hakamlar hay’ati a’zolari: dotsent O.N.Vysogortseva, dots. Tulyaganova F.M., assistentlar Oxunova M.T., Ahmedova D.Sh., Sharipov U.A.

Olimpiadada qatnashish uchun tibbiy-pedagogika va davolash fakultetlarining 5-6- bosqichidan 4 nafar talabalar tanlab olindi.

Olimpiadaning 1-bosqichi 2021 yil 14 aprelda TTA Reabilitologiya, xalq tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi bazasida soat 14:00 da boshlandi. Tanlangan barcha talabalar olimpiadaning 1-bosqichida qatnashdilar.

Olimpiadaning 1-bosqichi uchun kafedra tomonidan har xil murakkablik darajasidagi test topshiriqlari, vaziyatli masalalar hamda blits savollar o’zbek va rus tillarida tayyorlandi.

Olimpiadaning 1-bosqichi 2 bosqichda o’tkazildi. Dastlab talabalardan test topshiriqlari va vaziyatli masalalarga javob berishni so’rashdi. Ushbu vazifalarni bajarish uchun bir soat vaqt ajratildi. Hakamlar hay’ati a’zolari Olimpiadaning borishini kuzatib borishdi. Ajratilgan vaqt yakunida talabalar hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizim bo’yicha baholandi. Keyingi bosqich – hakamlar hay’ati a’zolarining blits-savollariga javoblar. G’oliblar ochkolar yig’indisi bo’yicha tanlandi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan