Toshkent davlat tibbiyot universitetida Oʻzbekiston yoga federatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

🌿🧘‍♀️ Toshkent davlat tibbiyot universitetida Oʻzbekiston yoga federatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi 🤝

📅 2026-yil 12-may kuni TashDavTUda Oʻzbekiston yoga federatsiyasi vakillari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi:

Raxmatullayev Sardor Hamidullayevich
— xalqaro aloqalar boʻyicha rais oʻrinbosari

✨ Usmanxodjayeva Adibaxon Amirsaidovna

— Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri

Nabiyeva Naima Abdurahimovna
— yuridik maslahatchi

Milberger Natalya Nishanovna
— yoga murabbiyi

🎯 Uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalar hamda professor-oʻqituvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek yoga mashgʻulotlarining turli kasalliklarni oldini olish va davolashdagi oʻrnini muhokama qilish hamda hamkorlik memorandumi masalalarini koʻrib chiqishdan iborat boʻldi.

💡 Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 qoʻshma ilmiy-amaliy seminar va master-klasslar tashkil etish
🔹 ilmiy va amaliy faoliyatni rivojlantirish
🔹 xalq tabobati va anʼanaviy tibbiyot yoʻnalishida malakali mutaxassislarni tayyorlash

🤝 Uchrashuv iliq va konstruktiv ruhda oʻtib, universitet hamda Oʻzbekiston yoga federatsiyasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan