“JISMONIY FAOLLIK, JISMONIY MASHQLAR VA YOGA MASHQLARINI KASALLIKLARDAGI XUSUSIYATLARI”

🇺🇿 Tadbir muvaffaqiyatli o‘tkazildi

2026-yil 6-may kuni Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida “Kasalliklarda jismoniy faollik, jismoniy mashqlar va yoga mashqlarining xususiyatlari” mavzusida tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tadbir davomida talabalar faol ishtirok etib, jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarzi va yoga mashqlarining ahamiyati haqida o‘z bilimlarini oshirdilar. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar va qiziqarli tanlovlar tashkil etildi.

Tanlovlarda ayniqsa 20-06 A guruhi talabalari faol qatnashib, Aditya Anupam, Deepanshu Mall va boshqa talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan ajralib turdilar.

    

Faol ishtirok etgan talabalar Uzbekistan Yoga Federation tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy mukofotlar bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir talabalarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan