📍 Sayyor dars o‘tkazildi – 4 may 2026
2026 yil 4 may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya” kafedrasi tomonidan Xalqaro fakultet 20-06 “A”, 20-06 “B” hamda 20-07 “B” guruhlari talabalari ishtirokida sayyor amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar “China–Uzbekistan Medicine Technical Park” o‘quv bazasida o‘tkazilib, Shinjon tibbiyot universiteti mutaxassislari tomonidan olib borildi.


Dars jarayonida quyidagi xorijiy shifokorlar faol ishtirok etdi:
- Zhang Yanfeng
- Li Xin
- Aizimaitijiang Kaiseer
- Xiermaimaiti Xiaokaiti
- Li Bin

Mashg‘ulot davomida talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi:
- umurtqa pog‘onasi kasalliklarida manual terapiya asoslari
- akupunkturaning ta’sir mexanizmi va zamonaviy yondashuvlar
- reabilitatsiya jarayonida xalq tabobati usullari
- turli kasalliklarda Tuina massaji uslublari
- teri kasalliklarini davolashda zamonaviy xalq tabobati yondashuvlari

Mazkur sayyor darslar talabalarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, xalqaro tajribani o‘rganish imkonini berdi.
Bunday amaliy mashg‘ulotlar kelajakdagi shifokorlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
