BDTU va TDTU: tibbiy reabilitatsiya sohasida tajriba almashinuvi xalqaro konferensiyada

Universitetimizda “Tibbiy reabilitatsiya va sport tibbiyoti fanlarini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalari” mavzusida xalqaro o‘quv-uslubiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda turli mamlakatlardan mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, tibbiy ta’limdagi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha tajriba almashdilar.

💬 Konferensiyani ochib berib, tabrik so‘zi bilan quyidagilar chiqish qildi:

Chuykov Dmitriy Aleksandrovich — BDTU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori;

Xaitov Qahramon Najmitdinovich — Toshkent davlat tibbiyot universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, t.f.d., professor.

 

 

 

 

 

 

 

🎤 Konferensiya moderatorlari:

Lyudmila Malkevich — tibbiy reabilitatsiya va sport tibbiyoti kafedrasi mudiri (PKiP kursi bilan), t.f.n., dotsent;

Usmanxodjayeva A.A – Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsent.

📑 Konferensiya doirasida tibbiy reabilitatsiyani o‘qitish metodikasi, zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda tibbiyot va ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar taqdim etildi.

Ma’ruzachilar qatorida kafedra dotsenti Adilov Sh.K. ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

🤝 Hamkor universitetlar vakillariga mazmunli muloqot va tajriba almashuvi uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusida samarali hamkorlik davom etishiga umid qilamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan